Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqdi.

Foto: FVV matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida yuk mashinasining yonib ketishi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 15 aprel kuni soat 22:41 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qutqaruvchilardan iborat ikkita ekipaj aytilgan manzilga soat 22:50 da yetib borgan, soat 22:53 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:13 da to‘liq bartaraf etilgan.
«Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Qamchiq dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.
Avvalroq Qamchiqda yukxonadagi elektroskuterda yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida Changan yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025