«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi
Vazirlar Mahkamasining «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda «yashil moliyalashtirish» mexanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan «Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Qo‘shimchalarga muvofiq, generatsiya obektini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha milliy valutada quyidagi miqdorlarda bir martalik yig‘im undiriladi:
- quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan generatsiya obektlari uchun – 100 yevro;
- quvvati 1 MVtdan 5 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obektlari uchun – 500 yevro;
- quvvati 5 MVtdan 10 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obektlari uchun – 1000 yevro;
- quvvati 10 MVtdan 50 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obektlari uchun – 1 500 yevro;
- quvvati 50 MVtdan yuqori bo‘lgan generatsiya obektlari uchun – 2 000 yevro.
Sertifikatlarni chiqarish uchun ariza beriladi va quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- yagona elektr energetikasi tarmog‘iga uzatilgan elektr uchun;
- CCD04 shakldagi to‘ldirilgan va imzolangan so‘rovnoma (generatsiya obekti yoki obektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);
- korxonaning umumiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar;
- elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
- generatsiya obektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ("O‘zenergosotish" AJ yoki "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ) tomonidan tasdiqlangan hujjat;
- sertifikat chiqarish uchun mo‘ljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti ma’lumotlari;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘nggi foydalanuvchiga uzatilgan elektr uchun:
- CCD04 shakldagi to‘ldirilgan va imzolangan so‘rovnoma;
- korxonaning umumiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar;
- elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
- elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgan so‘nggi foydalanuvchi va generatsiya obekti egasi tomonidan tuzilgan muayyan davrda uzatilgan elektr hajmini tasdiqlovchi dalolatnoma;
- sertifikat chiqarish uchun mo‘ljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti ma’lumotlari;
- generatsiya obektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidan olingan va elektr energiyasini sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangan hujjat.
Mavzuga oid

08:07 / 10.04.2025
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

18:23 / 03.04.2025
Xitoyda kichik yadro batareyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

13:18 / 17.03.2025
Panamada energiya ta’minoti blekautdan so‘ng tiklandi

11:37 / 15.03.2025