Jahon | 01:02
6654
3 daqiqa o‘qiladi

«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

Donald Tramp The Atlantic bosh muharriri Jyeffri Goldbergga bergan intervyusida o‘z harakatlari bilan Ukrainani «qutqarayotganini» aytdi. AQSh prezidentining fikricha, uning yordamisiz «bu mamlakat juda tez mag‘lub bo‘ladi».

Foto: AP

Suhbat davomida Goldberg Trampdan nega u avvalgi prezidentlardan farqli ravishda Rossiya tomonidan «zulmga» uchragan davlatlar va xalqlarga hamdardlik bildirmayotganini so‘radi.

Bunga javoban Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida Ukrainaga tankka qarshi Javelin tizimlarini berganini eslatdi. Uning fikricha, bu qurol bo‘lmaganida, Rossiya qo‘shinlari 2022 yilgi hujum boshida Kiyevga kirib borgan va «urush bir kunda tugagan bo‘lardi».

«Bu mamlakatni qutqaryapman, deb o‘ylayman. Menimcha, ushbu mamlakat juda tez mag‘lub bo‘ladi. Keling, haqiqatga yuzlanaylik — bu katta harbiy mashina (aftidan, u Rossiyani nazarda tutmoqda). Menimcha, Ukrainaga katta yordam ko‘rsatyapman», — deydi Tramp.

Goldberg Trampdan Rossiya prezidentining qanday xatti-harakati uni «Men Zelenskiy tomonidaman» deyishga majbur qila olishi mumkinligini, deb so‘radi. «Aynan Zelenskiy tarafida emas, lekin Ukraina tarafidaman, ha. Men Zelenskiy bilan qiyinchiliklarga duch keldim. Siz buni shu yerda, u aynan ushbu kresloda o‘tirganida ko‘rdingiz [fevral oyi oxirida Oq uyda Ukraina yetakchisi bilan bo‘lgan tortishuv]. U qilishi kerak bo‘lgan yagona narsa sukut saqlash edi, tushunyapsizmi?..», — deydi AQSh prezidenti ushbu savolga javoban.

Shuningdek, u urush boshlanishi uchun mas’uliyatni yana o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenga yukladi. «Ko‘ramiz, kelasi haftalarda nimalar sodir bo‘larkin. Biz so‘nggi bosqichga yetib keldik», — deydi u jangovar harakatlar qachon to‘xtatilishi haqida gapirarkan.

AQSh fevral o‘rtalaridan beri Rossiya va Ukraina bilan urushni tugatish bo‘yicha alohida-alohida muzokaralar olib bormoqda. Hozircha Vashington o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga erisha olmadi.

AQSh taqdim etgan tinchlik rejasida Vashington Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi ham ko‘zda tutilgan. Ukraina prezidenti esa o‘z navbatida huquqiy jihatdan hech qachon Qrimni Rossiyaniki deya tan olmasligi bildirdi. 

Mavzuga oid