Kallas kuchli Yevropani yaratishda Germaniyani yetakchi bo‘lishga chaqirdi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Germaniya bo‘lajak tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful bilan uchrashib, uning Yevropa xavfsizligi masalalari bo‘yicha «aniq pozitsiyasini» yuqori baholadi.

Foto: AP /Omar Havana
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas may oyi boshida ishga kirishishi kerak bo‘lgan yangi Germaniya hukumati bilan hamkorlik bo‘yicha ijobiy fikr bildirdi. «Yevropa xavfsizligi masalalari bo‘yicha sizning aniq pozitsiyangizni yuqori baholayman», dedi Kallas 30 aprel, chorshanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful bilan uchrashuvdan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rahbariyati kuchli, birlashgan Yevropani qurish uchun «hal qiluvchi ahamiyatga ega». Vadeful avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri sifatida Yevropa siyosati uning diqqat markazida bo‘lishini aytgan edi.
62 yoshli Yoxann Vadeful Germaniyaning bo‘lajak koalitsiya hukumatida tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzodi ko‘rsatilganidan ikki kun o‘tib Bryusselga tashrif buyurdi. Yevropa Ittifoqi diplomatik idorasi rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng uning tashrif rejasiga NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv kiradi.
Bundestagga navbatdan tashqari saylovlardan olti hafta o‘tgach, konservativ XDI/XSI va GSDP bloki 9 aprel kuni 140 sahifadan ortiq koalitsiya kelishuvi bo‘yicha bir qarorga kelganini e’lon qildi. 28 aprel kuni Germaniyaning bo‘lajak kansleri, Xristian-demokratik ittifoq yetakchisi Fridrix Mers o‘zining bo‘lajak vazirlar mahkamasi tarkibini taqdim etdi. Bundestag tomonidan yangi hukumat rahbarining rasmiy saylovi 6 may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

09:51 / 29.04.2025
Germaniyada ruslar haqidagi bessellerlar muallifi Aleksandra Fryolix o‘ldirildi

17:31 / 28.04.2025