"Meduza" asoschisi Timchenkoga nisbatan jinoiy ish ochildi
2024 yil avgust oyida "Meduza" internet nashri asoschisi Galina Timchenko Rossiya Federatsiyasida «chet el agenti» deb e’lon qilindi. Unga qarshi ish «nomaqbul» tashkilot faoliyati bilan bog‘liq holda qo‘zg‘atilgan.

Galina Timchenko Foto: RFE / RL
Rossiya Tergov qo‘mitasi "Meduza" nashri asoschisi Galina Timchenkoga nisbatan «nomaqbul» tashkilot faoliyatini tashkil etish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda 20 may, seshanba kuni idoraning Moskvadagi boshqarmasi xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil sentabr va 2025 yil mart oylarida Timchenko «fuqarolar o‘rtasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish, shuningdek, ularni Rossiya hududida nomaqbul deb e’lon qilingan tashkilot faoliyatiga jalb qilish uchun» videolarni internetda e’lon qilgan. Gap aynan qaysi yozuvlar haqida ketayotgani aytilmagan.
Tergov Timchenkoga qidiruv e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. «Tergov harakatlari dalillar bazasini to‘plash va ta’minlashga qaratilgan», — deyiladi Rossiya Tergov qo‘mitasi xabarida.
Ish ochilgan moddada olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
2023 yil yanvarida Rossiya Bosh prokuraturasi "Meduza" nashrini Rossiyada «nomaqbul» tashkilot deb e’lon qildi. Idoraga ko‘ra, nashr faoliyati «Rossiya Federatsiyasining konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga» tahdid soladi.
2024 yil avgust oyida Rossiya Adliya vazirligi Galina Timchenkoni «chet el agentlari» reyestriga kiritdi.
Mavzuga oid

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

21:02 / 21.05.2025
Tramp ittifoqchilarga Rossiya g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi – OAV

20:16 / 21.05.2025
O‘zbekistonning yana bir kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi

17:09 / 21.05.2025