Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
O‘t ochish o‘quv mashg‘uloti doirasida amalga oshirilgan. Mamlakat sohilni qo‘riqlash xizmati bu kabi holatlarning takrorlanmasligiga va’da berdi.

Foto: kaiho.mlit.go.jp
Yaponiya sohilni qo‘riqlash xizmatining patrul kateri ogohlantirishsiz Hokkaydo oroli atrofidagi hududiy suvlarda pulemyotdan o‘q uzgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulot o‘tkazgan joy yaqinida Rossiyaning Saxalin oblasti tarkibiga kiruvchi Kunashir oroli joylashgan.
NHK ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 23 may kuni sodir bo‘lgan. Patrul kateri pulemyotdan 66 ta o‘q uzgan. Kema ekipaji boshqa kemalar uchun navigatsiya ogohlantirishi e’lon qilinmaganini payqab qolganidan keyin mashg‘ulot to‘xtatilgan.
Yaponiya sohilni qo‘riqlash xizmati chora ko‘rish va bu kabi holatlarning takrorlanmasligiga va’da berdi. Idora xodimlari zimmasiga xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikda o‘tish majburiyati yuklanadi.
Kunashir — Kuril orollari arxipelagidagi eng katta oroldir. U Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab olgandi. Xitoylik ofitserlar orolga bayroq o‘rnatib, suratga olish ishlarini tugatgach, ko‘p o‘tmay hududni tark etgan.
Mavzuga oid

19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi

21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

19:32 / 24.05.2025
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39 / 24.05.2025