Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi
Displey ishlab chiqaruvchi Samsung Display Rossiya oltini, volframi va tantalidan foydalanishni to‘xtatdi, deb yozadi «Kommersant». 2021 yilda kompaniya 11 ta rossiyalik yetkazib beruvchi bilan ishlagan, biroq 2024 yilda ularni zanjirdan chiqarib tashlagan.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi shu’ba korxonasi Samsung Display2024 yilda rossiyalik yetkazib beruvchilardan oltin, volfram va tantal sotib olishni to‘xtatdi. Bu haqda 27 may, seshanba kuni kompaniya moliyaviy hisobotlariga tayanib, «Kommersant» gazetasi xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 va 2023 yillar uchun ushbu metallarni yetkazib berish haqidagi ma’lumotlar yashirilgan, 2021 yilda kompaniya Rossiyaning 11 korxonasidan oltin, volfram va tantal olgan. Ular orasida Solikamsk magniy zavodi ham bor, u tantalni Samsung Display'ga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib bermaganligini ta’kidladi, ammo, ehtimol, bu vositachilar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Rossiya ma’lumotlarni saqlash tizimlarini ishlab chiquvchilar konsorsiumi direktori Oleg Izumrudov Samsung ikkilamchi sanksiyalardan qochish uchun Rossiya xomashyosini vositachilar orqali sotib olishda davom etayotganini tan oldi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, yetkazib berish zanjirlarining cho‘zilishi tufayli mahsulot tannarxi 2-5 foizga oshishi mumkin.
Shu bilan birga, elektronika ishlab chiqaruvchilari orasida «Kommersant» manbasining ta’kidlashicha, Samsung Rossiya metallaridan butunlay voz kechib, osiyolik yetkazib beruvchilarga o‘tgan. Samsung va Samsung Display rasmiy vakillari nashr so‘roviga javob bermadi.
Mavzuga oid

16:41
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi

15:14
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda

14:11
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

13:46