Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Ukraina prezidenti Rossiya tomonining halok bo‘lganlar jasadini yig‘ib olish uchun 2-3 kunga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini tanqid qildi.

Foto: UNIAN
«Ular halok bo‘lganlar jasadini jang maydonidan olib ketish uchun ikki-uch kunlik sulhga tayyor. Men ularni ahmoqlar deb hisoblayman. Sulh aynan o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak. Ya’ni, siz kayfiyatni ko‘ryapsiz – ular uchun bu urushda faqat qisqa tanaffus masalasi», — deydi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina prezidenti AQShni sulhga erishish uchun Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimlarini kuchaytirishga chaqirdi, chunki «ular hozircha boshqa yo‘l bilan tushunmayapti».
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya tomonidan taqdim etilgan memorandum matnini hali ko‘rmaganini, biroq Ukraina delegatsiyasi baholariga tayanib, «aftidan, u jiddiy takliflar emas, balki ultimatumlar o‘z ichiga olgan»ini ta’kidladi.
Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Istanbuldagi muzokaralar davomida RF Ukrainaga frontning alohida hududlarida o‘t ochishni «ikki-uch kunga» to‘xtatish taklifini berganini ma’lum qildi. Bu komandirlar halok bo‘lganlar jasadlarini olib ketishlari uchun kerak. Medinskiy buni issiq havo va «kulrang hududdagi sanitariya holati» bilan izohladi.
Mavzuga oid

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025