Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi
Tangalar bolaning qizilo‘ngach toraymasida tiqilib qolgan. Bolada zudlik bilan zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va uning hayoti saqlab qolingan.

Buxoroda 2 yoshli bola ikkita 1 rubllik tangani yutib yubordi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat Qorako‘l tumanida yuz bergan. 2023 yili tug‘ilgan bola nazoratsiz qolgani oqibatida ikkita tangani yutib yuborgan. Tangalar bolaning qizilo‘ngach toraymasida tiqilib qolgan.
Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari zudlik bilan zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida kam invaziv jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va tangalar muvaffaqiyatli chiqarib olingan. Hozirda bolaning ahvoli barqaror, u shifokorlar nazoratida.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida ota-onalardan yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid

21:52
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

16:16 / 16.05.2025