Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Meduza" asoschisi Timchenko Rossiya rasmiylari tomonidan qidiruvga berildi
Rossiyada Galina Timchenkoga nisbatan «nomaqbul tashkilot faoliyatini tashkil etish» moddasi bo‘yicha ish ochildi.

Galina Timchenko Foto: Ruslan Shamukov/ TASS
Rossiya Ichki ishlar vazirligi "Meduza" internet-nashri asoschisi Galina Timchenko va «Exo Moskvy» radiostansiyasining sobiq xodimi Aleksandr Plyushchevga qidiruv e’lon qildi. 11 iyun, chorshanba kuni Plyushchev o‘zining Telegram-kanalida: «Mana, men ham qidiruvdaman», deb yozdi.
Rossiyada Timchenkoga nisbatan «nomaqbul tashkilot» faoliyatini tashkil etish moddasi bo‘yicha ish ochildi. Rossiya rasmiylari "Meduza"ni shunday tashkilot deb e’lon qildi.
Plyushchev qaysi modda bilan ayblanayotgani noma’lum. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida rasmiy xabar berilmagan. Shu bilan birga, RIA "Novosti" agentligi avvalroq Plyushchev «chet el agentlari» deb atalgan qonunga rioya qilmagani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlagan edi.
2022 yil oktyabr oyida Rossiya Adliya vazirligi Aleksandr Plyushchevni «chet el agenti» deb e’lon qildi. O‘shandan beri u nashr etayotgan materiallarida tegishli belgilarni qo‘ymagani va faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etmagani uchun bir necha bor jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

10:57 / 02.08.2025