Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis generali sharqiy qanotdagi NATO qo‘mondonligini qabul qilib oldi
Bundesver havo kuchlari bosh inspektori Ingo Gerxars sharqiy qanotdagi NATO kuchlariga qo‘mondonlikni o‘z qo‘liga oldi.

Ingo Gerxars Foto: Morris MacMatzen / Getty Images
Shtabi Niderlandiyaning Bryunsyum shahrida joylashgan NATOning sharqiy qanotidagi qo‘shma ittifoq qo‘shinlarining operativ qo‘mondonligi Bundesver harbiy-havo kuchlari bosh inspektori Ingo Gerxars tomonidan qabul qilib olindi, deb xabar bermoqda AFP 11 iyun, chorshanba kuni.
59 yoshli general italiyalik general Gulelmo Luiji Miliyetta o‘rnini egalladi va kelgusi yillarda NATOning Norvegiyadan Vengriyagacha bo‘lgan sharqiy qanoti operativ mudofaasiga mas’ul bo‘ladi. Gerxars Rossiya va Belarus bilan qariyb 4000 kilometrlik chegara bo‘ylab armiya qo‘mondonligini o‘z qo‘liga oladi. «Biz hozir Yevropada qaynoq urushga duch kelyapmiz. Bugungi tahdidlar har qachongidan ham murakkabroq», — dedi general lavozimga kirishar ekan.
Ingo Gerxars 2025 yilning mart oyida Rossiya propagandasi orqali muzokaralari tutib olingan va nashr etilgan Bundesver ofitserlaridan biri edi. Shundan so‘ng Germaniya Mudofaa vazirligi Germaniya Harbiy-havo kuchlari (lyuftvaffe) yuqori martabali ofitserlarining onlayn konferensiyasi yozuvi sizdirilganini tan oldi.
Suhbatlar tutib olingandan so‘ng Gerxarsga qarshi surishtiruv boshlandi, biroq uning ma’lumotlarning sizib chiqishiga aloqadorligi tasdiqlanmagani uchun u yopildi.
Mavzuga oid

13:22 / 02.08.2025
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

11:56 / 02.08.2025
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32 / 02.08.2025
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

08:46 / 02.08.2025