Jahon | 21:27 / 14.06.2025
5234
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

Hujumchi voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari bilan otishmadan keyin qochib ketgan.

Foto: Alex Kormann/Star Tribune via AP

AQSh Minnesota shtati deputati Melissa Xortman va uning eri o‘ldirildi. Gubernator Tim Uolts hodisani «siyosiy sabablarga ko‘ra qotillik» deb baholadi va shtat «ajoyib yetakchisini» yo‘qotganini ta’kidladi. Bu haqda AP xabar berdi.

«Minnesota shtatida fojia yuz berdi – do‘stim va hamkasbim, spiker Melissa Xortman va uning turmush o‘rtog‘i Mark erta tongda otib o‘ldirildi. Barcha belgilar siyosiy sabablarga ko‘ra qotillikka ishora qilmoqda», dedi gubernator.

Yana bir hodisada senator Jon Xoffman va uning rafiqasi og‘ir yaralandi. Uolts so‘zlariga ko‘ra, ikkalasi ham operatsiya qilingan va ularning tiklanishi «ehtiyotkorona optimistik» tarzda baholanmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi o‘zini huquq-tartibot organi xodimi sifatida namoyon qilgan va voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari bilan otishmadan keyin qochib ketgan. Uni topish uchun shtatda keng ko‘lamli operatsiya davom etmoqda.

Mavzuga oid