Urganch shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi Bosh prokuratura huzuridagi departament viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘z hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qilgan.

Foto: DXX
Natijada, katta tergovchi 2025 yilning 16-28 may oralig‘ida 1000 AQSh dollari, 10 mln so‘m, qiymati 1000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qilgan.
Shundan so‘ng, tergovchi 1000 AQSh dollari, qiymati 1000 AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Mavzuga oid

11:51 / 23.06.2025
Qo‘shko‘pir tumani hokimining sobiq o‘rinbosari 8 yilga qamaldi

19:06 / 21.06.2025
O‘zbekistonda kredit ajratilishini o‘ziga o‘zi taqiqlash imkoniyati paydo bo‘ldi

10:10 / 17.06.2025
Markaziy bank fuqarolarni raqamli firibgarlik haqida ogohlantirdi

12:00 / 05.06.2025