Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishiga qo‘shilish niyatida
Rossiya Yagona energetika tizimining operatori hozir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo energetika tizimi kengashida kuzatuvchi sifatida ishlamoqda.

Foto: Envato
Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energetikasini muvofiqlashtiruvchi kengashining beshinchi a’zosi bo‘lish niyatida. Bu haqda MDH portaliga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Yagona energetika tizimining operatori hozir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo energetika tizimi kengashida kuzatuvchi sifatida ishlamoqda.
«Rossiya hukumati hozirdanoq Markaziy Osiyo energetika tizimlarining parallel ishlashi haqidagi kelishuvga qo‘shilish va Rossiya tizim operatoriga Markaziy Osiyo energetika kengashining beshinchi a’zosi maqomini berish ustida ishlamoqda. Bu energiya tizimlarini rivojlantirish rejalarini sinxronlashtirishga yordam beradi», deyiladi xabarda.
Rossiya Yagona energetika tizimining operatori rahbari Fyodor Opadchiy so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik energiya tizimlaridan birini boshqarishning amaliy tajribasi tufayli Rossiya energiya tizimi rejalarini sinxronlashtirishga katta hissa qo‘shishi mumkin. Tizim operatori doimiy ravishda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabr oyida O‘zbekiston va Rossiya Energetika vazirliklari Rossiyaning «Sistemnyy operator» tizimini Markaziy Osiyo Birlashgan energiya tizimiga qo‘shishga kelishib olgan edi. Keyin Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev bu tashabbus nafaqat elektr energiyasini tijoriy eksport qilish, balki mamlakatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan bog‘liqligini tushuntirdi, bu taqchillik, tabiiy omillar va yuqori yuklama yuzaga kelganda energiya tizimlarini tezkor muvozanatlash imkonini beradi.
Markaziy Osiyo energiya tizimi (MOET) 1960-1970-yillarda SSSR tarkibida yagona elektr energetika tizimi sifatida shakllangan. MOET mintaqaning barcha mamlakatlarida ishonchli va uzluksiz elektr ta’minotini kafolatlash uchun tashkil qilingan.
Mavzuga oid

10:57
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:41
Rossiyada amaldorlarga Max davlat messenjeriga o‘tish uchun bir oy vaqt berildi

23:35 / 01.08.2025