O‘zbekiston | 11:10
8741
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzabek Xolmedov Satira teatriga direktor etib tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatri direktori sifatida ish boshladi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avaz Tojixonov O‘zbekiston davlat satira teatrida tashkiliy va ijodiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda teatrda sahnalashtirilgan spektakllarning saviyasi, tomoshabinlarni jalb etish, mahalliy va xalqaro gastrollarni tashkil etish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat satira teatri direktori lavozimiga tayinlangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov jamoaga tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Mirzatilla Xolmedov tayinlovga qadar «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida so‘z ustasi bo‘lib faoliyat olib borayotgan edi.