Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar fosh etilib, 3,3 mlrd so‘mdan ortiq zarar aniqlandi.

Foto: Energetika vazirligi
Samarqand viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Unda viloyatning Past Darg‘om tumanidagi «O‘rtacharhin» MFYda joylashgan hammomda tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 887 million so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi «Sevali ota» MFYda joylashgan «A. M. S.» MChJga qarashli ko‘p qavatli binoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Holat bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 446 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Ushbu noqonuniy holatlarga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

14:28 / 24.06.2025
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

16:12 / 12.06.2025