Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi yana Vatikanga Ukraina bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi
Rim papasi Lev XIV Vatikan Rossiya va Ukrainaga tinchlik muzokaralari uchun platforma taqdim etishga tayyorligini tasdiqladi. Zelenskiy Rim papasi bilan uchrashgandan so‘ng «Vatikanga umid bog‘laganini» aytdi.

Foto: Vatican Media/IPA/ZUMA/picture alliance
Rim papasi Lev XIV Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari uchun platforma taqdim etishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi. Rim papasi Ukraina va Rossiya vakillarini Vatikanda qabul qilish istagini bildirdi. 9 iyul, chorshanba kuni «iliq suhbat» chog‘ida pontifik va Zelenskiy Ukrainadagi «urushni tugatishning afzal yo‘li» muloqot ekanini tasdiqladi.
Vatikan, shuningdek, Rim papasi urushda halok bo‘lganlar uchun qayg‘urish kerakligini, Ukraina xalqi bilan birdamlik zarurligini va Ukraina uchun duolar qilganini bildirdi. Pontifik «asirlarni ozod qilish va umumiy yechim topishga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarni» qo‘llab-quvvatlaydi, deya ma’lum qildi Vatikan.
Rim papasi bilan uchrashgandan so‘ng, Zelenskiy matbuot anjumanida shunday dedi: «Biz tinchlikni xohlaymiz. Ukraina Vatikan oliy darajadagi muzokaralar uchun joy ajratishiga umid qilmoqda». Vatikan may oyidagi Istanbul muzokaralaridan beri Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun ehtimoliy joy sifatida muhokama qilingan, biroq Moskva kelgusi muzokaralarning Vatikanda o‘tkazilishiga bir necha bor shubha bildirgan.
Mavzuga oid

14:11
Makron va Starmer Ukraina uchun tinchlikparvarlar bo‘yicha rejani e’lon qildi

13:45
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

12:30
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor

11:40