O‘zbekiston | 15:52 / 11.07.2025
3703
1 daqiqa o‘qiladi

Tuhmat va haqorat bo‘yicha ma’muriy ishlar ariza asosida qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi

O‘zbekistonda tuhmat, haqorat va boshqa ayrim huquqbuzarliklar bo‘yicha faqat jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra chora ko‘rilishi belgilandi. Lekin agar jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lsa, voyaga yetmagan bo‘lsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqini himoya qilolmasa, IIB uning ariza berishini kutib o‘tirmay huquqbuzarga chora ko‘rishi shart.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) faqat jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lgani, voyaga yetmagani yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.

Bundan tashqari, ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi:

  • avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
  • ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid