Jamiyat | 11:17 / 22.07.2025
2880
1 daqiqa o‘qiladi

IIBB Yunusobodda fuqaro 9-qavatdan qulagani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgan uy aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 21 iyul kuni taxminan soat 01:30 larda Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro T.R. shu uyning 9 qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan

Natijada fuqaro “BMYoJ, BMCh, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratida.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024 yilning oxiridan buyon ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi boshlangani va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mavzuga oid