O‘zbekiston | 14:58 / 30.07.2025
1772
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning xorijdagi elchilariga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident xorijdagi elchixona va bosh konsulxonalarni eksportni ko‘paytirishga faolroq ko‘maklashishga chaqirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Xitoyga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha, Qozog‘istonga kamaygan

Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi.

Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, ko‘rgazmalar tashkil qilish, savdo uyi va ombor tashkil qilish, mahsulotiga sertifikat olish kabi masalalarda ko‘maklashish topshirildi.

Mavzuga oid