Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan "bunker" aniqlandi
«Hududgazta’minot» AJ boshqaruv raisi topshirig‘i bilan ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Foto: Hududgazta’minot
Andijon viloyati Asaka tumanidan kelib tushgan tezkor ma’lumot asosida «Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va FVB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning «Xonaqa» MFYda yashovchi fuqaro I. S. xonadonida o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida xonadonda 63 dona (34 dona suyultirilgan gaz to‘ldirilgan, 29 dona bo‘sh) maishiy gaz ballonlarini texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi. Shuningdek, 1 dona tarozi va gazni avtomobillarga o‘tkazishga moslashtirilgan 4 dona rezina shlanglar borligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Mavzuga oid

14:47 / 29.07.2025
“Sohada tizimli muammolar bor” – Raqobat qo‘mitasi aholidan suyultirilgan gaz uchun 2,2 mlrd so‘m asossiz haq olinganini aniqladi

10:44 / 18.06.2025
2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

10:27 / 16.06.2025
«Ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘shatib qo‘ysin». Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammo bo‘yicha rahbarlarni so‘nggi bor ogohlantirdi

14:00 / 11.06.2025