Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda odamsimon robotlarning dunyodagi birinchi do‘koni ochildi
Do‘kon marketing va savdo sohasida tajribasi yetarli bo‘lmagan robot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: Reuters
Pekinda odamsimon robotlar savdosi bo‘yicha dunyodagi birinchi do‘kon ochildi. Androidlarning narxi 2000 yuandan (≈ 3,5 mln so‘m) boshlanib, bir necha milliongacha yetadi, deb yozdi BBC.
Robot Mall 3 qavatli bo‘lib, biznes uchun ham, shaxsiy foydalanish uchun ham 100 dan ortiq modellarni taklif etadi. Ular orasida interaktiv robot itlardan tortib odamsimon robotlargacha bor. Modellardan biri Albert Eynshteyn qiyofasida.
Shuningdek, hududda kichik muzey, demo-zona va xizmat ko‘rsatish markazi mavjud bo‘lib, u yerda odamsimon robotni ta’mirlash yoki ehtiyot qismlarga buyurtma berish mumkin. Do‘kon marketing va savdo sohasida tajribasi yetarli bo‘lmagan robot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Global Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda robototexnika bo‘yicha dunyodagi barcha patent arizalarining uchdan ikki qismi Xitoy ulushiga to‘g‘ri kelgan. Bir yil ichida mamlakatda 556 mingta sanoat roboti ishlab chiqarildi, bu esa Xitoyga ushbu sohadagi eng yirik ishlab chiqaruvchi maqomini berdi.
Avvalroq Xitoyda birinchi marta universitetga odamsimon robot qabul qilingani ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ta’limni tugatgandan so‘ng, u boshqa talabalar kabi dissertatsiya yozishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

00:15
Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi

20:05 / 10.08.2025
Xitoy janubida bir hafta ichida chikungunya bezgagi bilan bog‘liq 1,3 mingdan ortiq holat qayd etildi

11:06 / 09.08.2025
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi

08:50 / 09.08.2025