Ta’lim | 12:15
1120
2 daqiqa o‘qiladi

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali 2025 yil 10 sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi.

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga hujjatlar kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga my.edu.uz platformasi orqali 2025 yil 10 sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tibbiyot texnikumlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 549 ta texnikumga jami 143 114 ta (shundan 66 484 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan.

Shundan:

- kunduzgi ta’limda – 102 194 ta (49 234 ta davlat granti);

- kechki ta’limda – 2 250 ta;

- dual ta’lim shaklida – 38 670 ta (17 250 ta davlat granti).

Mavzuga oid