O‘zbekiston pasport kuchi bo‘yicha reytingda 70-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Respublikasi AQShning Arton Capital kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Passport Index 2017 (pasportlar indeksi) reytingida 70-o‘rinni band etdi.
Pasport kuchi reytingi Xalqaro havo transporti agentligi (IATA) va boshqa manbalar ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Pasport kuchi deganda pasport egasining dunyoning qancha mamlakatiga vizasiz kira olishi nazarda tutiladi.
O‘zbekiston mazkur reytingda Tojikiston, Kot-d’Ivuar va Gvineya bilan bir qatorda 70-o‘rinni egalladi. Mazkur davlatlarning fuqarolari dunyoning 54ta mamlakatiga vizasiz kirishi mumkin.
Reytingda Germaniya birinchi (157 mamlakat), Shvetsiya va Singapur ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etgan.
2017 yilning kuch jihatdan quyi pog‘onani egallagan pasporti esa — Afg‘oniston pasporti ekani ma'lum qilingan.
Afg‘oniston fuqarosi pasportiga ega shaxslar atigi 23ta davlatga vizasiz bora olishlari mumkinligi uchun, hujjatga reytingning 95-pog‘onasi (eng quyi pog‘ona) ajratilgan.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025