Belgiya qirollik oilasi Burger King reklamasini haqoratli deb topdi

Foto: BBC
Belgiya qirollik oilasi Burger King ovqatlanish tarmog‘i reklamasini keskin tanqid qildi va uni qirol Filippning qadr-qimmatini kamsitadi, deb topdi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Iyun oyida mamlakatda faoliyatini boshlashi kerak bo‘lgan Burger King mahalliy aholiga Belgiya qiroli va "burgerlar qiroli" (restoran tarmog‘i ramzi)dan birini tanlashni taklif qildi. Foydalanuvchi Belgiya qirolini tanlagan taqdirda tizim tanlovga ikki marta aniqlik kiritadi "Ishonchingiz komilmi? Axir u sizga kartoshka-fri tayyorlab bermaydi-ku!", - deyiladi reklamada.
"Biz bunday nayranglarni qoralaymiz. Zero uning maqsadi - tijorat, biz bunga rozilik bermaymiz", - dedi qirollik oilasi vakili Per Emmanuel de Bo.
Shuni ta'kidlash joizki, Burger King kompaniyasi qirollik oilasidan hali hech qanday rasmiy xabar olmagan.
Mavzuga oid

13:00 / 19.04.2025
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi

23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

21:13 / 24.03.2025