To‘rt nafar instablogerga onlayn qimor o‘yinlarini reklama qilgani uchun chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan 4 nafar blogerni javobgarlikka tortdi. Tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi tekshirildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yuz minglab kuzatuvchilarga ega bo‘lgan blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlar aniqlangan.
Xususan, ular «Melbet» bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi videoroliklar joylashtirilgan. Ushbu reklama materiallari quyidagi shaxslarga tegishli:
● Shodiyev Jasurbek G‘ulomjon o‘g‘li (jasjannew);
● Normamatov Dadabek Bahrom o‘g‘li (allme.uz);
● Rahmatov Sherxon Lutfullo o‘g‘li (sherxon.zdss);
● Hasanboyev Xojiakbar Zulhaydar o‘g‘li (hojiakbar_ku).
Ushbu blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, «Reklama to‘g‘risidagi» qonunga ko‘ra, mamlakatda qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid

20:03 / 15.06.2025
Kun.uz’ning rasmiy Telegram kanalidagi nojoiz reklamalar yuzasidan obunachilarga murojaat

16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda

16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi

23:07 / 17.04.2025