Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bo‘z” bozorida yonida giyohvand moddasi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda yonida giyohvand moddasi bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
M.Ulug‘bek tumanida 15 oktabr kuni soat 21.00 da, Sayram ko‘chasida joylashgan "Bo‘z" bozori oldida, 1990 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, Sergeli tumani, Qo‘yliq 6-9-uyda yashovchi Q.J. to‘xtatilib, tekshirilganida, yonida 3,6 gr. "marixuana" giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan fuqaro Q.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

09:02
Mirzo Ulug‘bekning "Ulug‘bek Ziji" asari ilk bor to‘rt tilda nashr etildi

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

21:45 / 28.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi

18:07 / 22.05.2025