Zidan Neymarni qo‘lga kiritish uchun qiyin tanlov qarshisida qoldi
«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymarni yoshi o‘tib borayotgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar klubi moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmagan holda braziliyalik futbolchining transferini amalga oshirish haqida o‘ylamoqda.
«Real» Garet Beylni sotishdan tushgan mablag‘ning Neymar transferiga yetmasligini juda yaxshi tushunmoqda. Shuning uchun ham klub agar zarurat tug‘ilsa, yarimhimoyachi Toni Kroosni «PSJ» yoki «Manchester Yunayted»ga sotib yubormoqchi.
Transfermakt ma'lumotiga ko‘ra, Kroosning transfer narxi 80 mln yevroga teng.
Kroos joriy mavsumda klubi uchun 21 o‘yin o‘tkazgan va ikki gol urib, ikki golga uzatma bergan. Neymar esa Parij klubida 20 o‘yinda ishtirok etgan va 18 gol urib, 3 golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:04 / 21.04.2025