Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShIIBB boshlig‘i: Toshkentda Navro‘z bayrami tinch va osoyishta o‘tdi
Toshkent shahrida Navro‘z bayrami tantanalari tinch va osoyishta vaziyatda o‘tdi. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev Yakkasaroy tumani IIBda bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda shu haqda bayonot berdi, deb xabar beradi KUN.UZ muxbiri.
“Bayram tadbirlari favqulodda holatlardan xoli, tinch va osoyishta o‘tdi. Buning uchun barcha sharoit barpo etilgan edi. Birgalikdagi harakatlarimiz yakdilligi samarasi o‘laroq, barcha bayram tadbirlari o‘tadigan joylarda, parklar va xiyobonlarda tinchlik, osoyishtalik saqlandi”, - dedi general-mayor Rustam Jo‘rayev.

U, shuningdek bayram tadbirlariga necha kishi kelganiga doir raqamlarni ham taqdim etdi.
“21 mart kuni shahardagi belgilangan joylarga 250 mingdan ortiq toshkentliklar va shahar mehmonlari tashrif buyurib, bayram tantanalarida bevosita qatnashishdi. 22 mart kuni ham joylarda bayram tadbirlari davom etdi. Shu kunlarda, belgilangan joylarda huquqbuzarliklar, jinoyat yoxud noxushliklar qayd etilmadi”, - dedi ShIIBB boshlig‘i.
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025