Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimga tayinlandi

Foto: UzNews
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi. Toshkent viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasiga yangi boshliq tayinlangan. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ga Toshkent viloyati IIBdagi manba tasdiqladi.
Qayd etilishicha, podpolkovnik Ortiq Tursinxonovich Xudoyberganov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. U shu paytga qadar Oqqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.
Ma'lumot uchun, Ortiq Xudoyberganov O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlangandi.
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025