Pentagon GPS’ga muqobil tizimni ishlab chiqmoqchi

Foto: NASA
AQSh hukumati global joylashuvni aniqlashning hozirgi sun'iy yo‘ldosh tizimi (GPS) to‘sib qo‘yiladigan bo‘lsa, muqobil navigatsiya tizimlarini yaratish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» AQSh harbiy mahkamasining Qo‘shma Shtatlar kosmik kuchlarini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan hisobotiga tayangan holda xabar qildi.
«Mudofaa vazirligining kosmik salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlari muqobil joylashuv, navigatsiya va vaqt bo‘yicha aniqlash tizimlariga qaratiladi», - deyiladi Pentagonning hisobotida.
Ta'kidlanishicha, ushbu tizim Amerika qo‘shinlariga GPS to‘sib qo‘yiladigan bo‘lsa, talab etiladi. Hujjatda geojoylashuvning yangi tizimini ishlab chiqish muddati qanday ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, hisobotda aytilishicha, AQSh kosmik kuchlari doirasida to‘rtta bo‘linma yaratiladi. Ular orasida jangovar qo‘mondonlik, harbiy maqsadlar uchun sun'iy yo‘ldosh sotib olish bo‘yicha agentlik, harbiy-kosmik kuchlarning jangovar tarkibi va kosmik amaliyotlar kuchlari bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh koinotda RQM sensorli qatlamini joylashtirmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

21:39 / 17.04.2025