Boshpanasizlar qish izg‘irinida qayga boradi?
Mover'da ko‘rish (tas-ix)
Youtube'da ko‘rish

Erta kelgan qish mavsumi oldidan 3 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB qoshidagi boshpanasiz shaxslar uchun reabilitatsiya markazi xayriya aksiyasini o‘tkazgandi. Unda Toshkent motobaykerlari guruhi ham ko‘ngilli ravishda faol qatnashgan, aksiya vaqtida yashash joyi bo‘lmagan kishilarga ust-bosh, issiq ovqat va gigiyenik vositalar bepul tarqatilgandi.
Shu yilning 26 aprelida Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 309-son qarori e'lon qilingan. Hujjatda kishini boshpanasiz deb topish uchun u bir yo‘la 4ta mezonga to‘g‘ri kelishi shartligi belgilangan:
- 18 yoshdan oshgan bo‘lishi;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (pasport, haydovchilik guvohnomasi, harbiy bilet va boshqalar) bo‘lmasligi;
- biror manzilda vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmasligi yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmasligi;
- g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lishi.
Boshpanasizlarga yordam berish borasida O‘zbekistonda ham amaliy ishlar sekin-asta ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Dastlab Toshkent shahar IIBB va Andijon IIB tashabbusi bilan jazirama yoz oylarida boshpanasiz insonlarga yordam berilgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda Yashnobod tumani Baratxo‘ja 3-manzilida joylashgan markaz faoliyatiga xayrixoh odamlardan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda, ular markazdagi yordamga muhtoj kishilarga qanday qilib ko‘mak ko‘rsatishlari mumkinligiga qiziqishmoqda.
Agar boshpanasiz va hech bir hujjatsiz kishini uchratib qolsangiz yoki Reabilitatsiya markaziga xayriya uchun kiyimlar, gigiyena vositalari, uzoq muddatli yaroqlilikka ega oziq-ovqat mahsulotlari, kitoblar taqdim etmoqchi bo‘lsangiz, hududingizdagi profilaktika inspektoriga, 102 raqamiga yoki Markaz vakillarining quyidagi raqamlariga murojaat qilishingiz so‘raladi: +998983670708, +998983660107.
Urbanizatsiya rivojlangan va rivojlanib borayotgan shaharlarda boshpanasiz va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar sonining oshib borishi o‘sha hududdagi kriminogen atmosferaga ta'sir ko‘rsatadi.
Butun dunyoda boshpanasizlar asosan shahar ko‘chalarida, ko‘priklar ostida karton qutilar yoki chodirlarda yashaydi.
BMTning boshpanasizlar huquqlari masalasi bo‘yicha maxsus voizi Laylani Farha muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar haqida shunday degandi: «Boshpanasiz insonlar juda kuchli ayirmachilik va bosimga uchrashadi. Hatto ularni boshpanasizligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga ham chaqiriqlar bo‘ladi. Boshpanasizlar yashash uchun kurashadilar, buning uchun esa ular jinoiy javobgarlikka tortiladi».
Hisobotda keltirilishicha, dunyo shaharlarida yashovchi aholining chorak qismi – 883 million kishi norasmiy turarjoylarda yashaydi, shundan 520 millioni aynan Osiyo qit'asiga to‘g‘ri keladi. Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasida ham doimiy turarjoyga ega bo‘lmagan insonlar shahar aholisining katta qismini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46 / 03.05.2025
Mavzuga oid

22:24 / 31.12.2024
Rimda boshpanasizlar uchun qishki palatkalar paydo bo‘ldi

19:25 / 21.12.2022
Qishning eng uzoq kechasi - Yaldo tuni: u qayerlarda bayram qilinadi?

18:51 / 15.08.2022
Boshpanasiz qolgan odam qayerga murojaat qilishi kerak? Unga qanday yordam beriladi?

14:50 / 13.08.2022