Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya, Iroq va Eron o‘z temir yo‘llarini yagona tarmoqqa birlashtirmoqchi

Foto: IZVeSTIYa/Aleksandr Kazakov
Suriya, Iroq va Eron o‘z temir yo‘llarini yagona tarmoqqa birlashtirmoqchi, bu masala bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi al-Watan gazetasi Suriya transport vazirligidagi manbasiga tayanib.
"Hozirda Suriya, Eron va Iroq temir yo‘llarini birlashtirish bo‘yicha loyihani qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda, mamlakatlar vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish muddati aniqlanmoqda", - dedi manba.
Ushbu strategik loyiha 2011 yilda boshlangan, ammo Suriyadagi inqiroz sababli to‘xtatib qo‘yilgandi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadi Iroq va Eronning Suriya portlariga chiqishini ta'minlash, kelajakda esa temir yo‘llarni Xitoygacha uzaytirishdir.
Avvalroq Iroq temir yo‘l kompaniyasi rahbari Tolib al Husayniy uch davlat temir yo‘llarini birlashtirish bo‘yicha uchrashuv rejalashtirilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025