Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Giyohvandlik vositasini sotgan shaxs koronavirus tufayli qamoqqa emas, karantinga olindi
Samarqand shahrida giyohvandlik vositasini sotayotgan paytida ushlangan shaxsda koronavirus borligi aniqlangan. Natijada u qamoqqa emas, karantin zonasiga yuborilgan.
Shu yilning 10 iyul kuni Samarqand shahri IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 38 yoshli U.D. 0,59 gramm nasha giyohvandlik vositasini 500 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbirda ishlatilgan 250 ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U.D.ga ayb e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ammo, dastlabki tergov jarayonida U.D. koronavirus bilan zararlangani aniqlanib, unga nisbatan qo‘llangan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi «munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat» bilan almashtirilgan. U.D. zudlik bilan karantinga olindi, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.
Mavzuga oid

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

11:17 / 18.06.2025