Qo‘qon shahri ko‘chalari isiriq yordamida «dezinfeksiya» qilindi
Qo‘qon shahridagi ko‘chalar isiriq yordamida dezinfeksiyasi qilindi. Bu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda dezinfeksiya ishlari isiriq yordamida amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.
Obodonlashtirish xizmati xodimlari shahar ko‘chalari bo‘ylab isiriq tutatib yurishgan.
Eslatib o‘tamiz, xalq tabobatida isiriqning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma bod, bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bunday qaynatma boshqa teri kasalliklariga ham foyda qiladi.
Isiriq urug‘idan tayyorlangan qaynatma zig‘ir urug‘ining qaynatmasi bilan birgalikda nafas qisishi, nafas olishning qiyinlashishida ishlatiladi.
Mavzuga oid

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

10:36 / 15.03.2025
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

20:43 / 28.02.2025