Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kuchli yomg‘ir sabab Toshkent ko‘chalarini suv bosdi
23 may kuni kechqurun Toshkent shahrida kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalari kuchli yog‘ingarchilik sabab yana suvga to‘la boshlagani haqidagi videolar tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shaharning ayrim hududlarida do‘l ham yog‘gan.
Kun.uz mobil muxbiri yuborgan videoda Toshkent ko‘chalarini to‘ldirgan yomg‘ir suvi yo‘lovchi avtobuslari ichiga ham kirib kelganini ko‘rish mumkin.
Tabiat hodisasi bir necha joylarga jiddiy zarar yetkazdi. Xususan, Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalar yotoqxonasiga yomg‘ir sizib kirgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda Toshkent teleminorasiga chaqmoq urilgani, teleminora uchidagi O‘zbekiston bayrog‘i yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati teleminoraga «haqiqatan ham chaqmoq urilgani»ni, biroq buning oqibatida inshootga shikast yetmaganini, teleminora odatdagi tartibda ishlayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

13:55 / 29.07.2025
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

20:40 / 28.07.2025
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

19:58 / 27.06.2025
Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

14:24 / 06.06.2025