Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ag‘darilgan yuk avtomashinasining yo‘lovchisi vafot etdi
Harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgan.

Foto: IIB axborot xizmati
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining qayd etishicha, 11 yanvar kuni soat 21:30 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 221 km.da, "Qo‘shminor" MFY hududida, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan MChJga qarashli MAN rusumli yuk avtomashinani yo‘l varaqasi bilan Vodiy-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti, qo‘shma shikast tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025