Toshloqdagi xonadonda boqilayotgan, xorijdan keltirilgan uzunquloq naslli echkilar
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Hamrak mahallasida yashovchi Xayrullo Akramov bir muddat Janubiy Koreyada muhojirlikda yashagan. Koreyslar boqayotgan zotdor echkilarni ko‘rib hayratlangan Xayrullo aka O‘zbekistonga qaytgach echkichilik bilan shug‘ullanishni diliga tugadi.

Mana, Xayrullo aka ayni paytda o‘z xonadonida xorijdan keltirilgan zotdor echkilarni parvarishlab, aholini qishin-yozin shifobaxsh sut-qatiq bilan ta’minlayapti.
«O‘zbekistonga qaytganimdan keyin 2010 yildan beri mana shu uyimda echkichilik bilan shug‘ullanyapman.
Uyimizda hozirda naslli echkining 4-5 xil turi bor. Anglonobinskiy, rus echkisi, Zarin echki, Alpinskiy, Takumburskiy kabi echkilarimiz yaxshi nasl berayotgan zotlardir.
Echkilar nasliga qarab, har xil miqdorda sut beradi. Rus echkilari bir kunda 2 litrdan 5 litrgacha sut beradi. Xo‘jaligimizdagi echkilarimiz «rekordchilari» 7-8 litrgacha sut beradi», – deydi Xayrullo aka.
Yem-xashak, ozuqa muammosi sabab hozirda xo‘jalikda mo‘ljaldagidan biroz kamroq — 25 bosh echki parvarish qilinmoqda.
«Qish kunida echkilarimizni kamaytirib turibmiz. Odatda boshqa fasllarda 50-60 bosh echki boqamiz. Echkilar orasida Ispaniyadan keltirilgani ham bor. Qo‘ylarimiz ham Ispaniyadan kirib keldi. Qolgan echkilar Rossiyadan kelgan. Ular yangi nasllar hisoblanadi», – deydi u.
Parvarish qilinayotgan echkilarning mahalliy echkilardan farqi borasida to‘xtalar ekan, fermer xorijdan keltirilgan zotdor echkilar sutida yog‘lilik darajasi 3-4 barobar yuqori ekanini qayd etdi.
«Chet echkilari sutining yog‘lilik darajasi 3-4 barobar kuchli. Sut tarkibi o‘rganilganda unda protein miqdori 4,5 foizgacha boradi. Bu sut yog‘li va mazali bo‘ladi, deganidir. Yog‘lilik darajasi nihoyatda kuchli. Shunisi bilan farq qiladi.
Bundan tashqari, echkilarning tuzilishi ham, ranglari ham turfa xil. Butun Yevropa mana shunday nasl tarqatyapti. Aynan mana shu nasldan bola olyapti. Biz ham shuni havas qilib boshlaganmiz», – deydi u.
Xayrullo aka naslli echkilarning har bir boshini 500 dollardan bir yarim ming dollargacha sotib olar ekan.
«Echkilar hozirda asosan Rossiya, Qirg‘izistondan keltirilyapti. Ular zotiga qarab 500 dollardan 1 yarim ming dollargacha bo‘lgan narxda kelyapti. O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan echki zotining narxi 1 yarim ming dollargacha turadi. Turgan joyda shunday narxda belgilanadi», – deydi u.
Hozirda bu xonadonda 5 xil turdagi echki parvarish qilinyapti. Sog‘ib olingan sutning litri 15 mingdan 20 ming so‘mgacha sotilar ekan.
«Echki sutlari litri 15-20 minggacha sotilyapti. Xo‘jaligimizda yetishtirilgan sutlarni asosan bemor mijozlarga arzonroq sotamiz. Yoz kunida sutimiz ko‘payib ketadi. Achib qolmasligi uchun arzon sotamiz», – deydi Xayrullo Akramov biz bilan suhbatda.
Hozircha mahalliy aholi echki go‘shti iste’moliga ko‘p ham ko‘nikmagan. Shu sababli faqat uning suti sotuvga chiqarilmoqda.
«Echki go‘shtiga odamlarning immuniteti o‘rganmagan. O‘zim ko‘rganim – Koreya Respublikasida supermarketlarga kirsangiz, u yerda albatta echki go‘shti ham bo‘ladi. Echki go‘shtini maqtab iste’mol qilishadi. Echki go‘shtidan taom tayyorlanadigan maxsus oshxonalar ham bor. Oshxonalarida echki go‘shtidan tayyorlangan yeguliklar sotiladi», — deydi Xayrullo aka.
Albatta, xonaki chorvachilikning yangi sohasi endi-endi ommalashmoqda. Echkining nafaqat suti, go‘shti, juni, terisidan ham daromad topish mumkin. Fermer kelgusida bu yo‘nalishlarda ham tadbirkorlikni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

15:15 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj

15:15 / 19.04.2025
“Birgina videosi YouTube’da 35 mln marta tomosha qilingan” - qo‘shtepalik yosh muhandis bunga qanday erishmoqda?

10:50 / 12.03.2025