Farg‘onadagi tuman hokimi Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
13 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi Navoiy hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. 12 may kuni u prezidentning viloyatga tashrifi vaqtidagi tadbirlarda ishtirok etgan.

Foto: Kun.uz
Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Sa’dullo Istamov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunovning 2022 yil 10 maydagi tegishli qarori bilan lavozimdan olingan.

Akmaljon Mahmudaliyev 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1995 yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005 yilda Toshkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.
2007 yildan 2013 yilgacha Davlat don inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida yetakchi va bosh davlat don inspektori lavozimlarida ishlagan. 2013 yilning sentabr oyidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2018 yilning 14 iyun kunidan boshlab bugunga qadar Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi.
12 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida bunyod etilayotgan Yengil sanoat va logistika markaziga borganida Mahmudaliyev tuman hokimi sifatida tadbirlarda ishtirok etgan.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

11:53 / 06.05.2025