Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgustda qaysi hududlarda eng ko‘p ajrashish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Avgust oyida 4123 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 4123 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
2022 yilning dastlabki avgust oyida hududlar kesimida qayd etilgan ajrashishlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida kuzatildi – 530 ta holat.
Shuningdek, ajrashish holatlari Farg‘ona viloyati (508 ta holat), Samarqand viloyati (448 ta holat) va Toshkent viloyatida nisbatan ko‘p kuzatildi (419 ta holat).
Qolgan hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Namangan viloyati – 398 ta;
- Andijon viloyati – 369 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 251 ta;
- Surxondaryo viloyati – 248 ta;
- Buxoro viloyati – 200 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 160 ta;
- Xorazm viloyati – 183 ta;
- Jizzax viloyati – 158 ta;
- Sirdaryo viloyati – 137 ta;
- Navoiy viloyati – 114 ta.
Mavzuga oid

16:13 / 28.07.2025
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15 / 28.07.2025
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025