Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashiga raislik Qirg‘izistonga o‘tdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi video-konferens-aloqa formatidagi majlisida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo
Yig‘ilishga Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan raislik qildi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston hukumat rahbarlari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Kuzatuvchi davlatlar Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston hamda Xitoy tomoni taklifiga binoan Turkmaniston ham onlayn uchrashuvda qatnashdi.
Uchrashuv chog‘ida tashkilotga a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti yakunlari ijrosi yuzasidan fikr almashdi.
ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, tashkilot faoliyatini hozirgi bosqichda takomillashtirish nuqtayi nazaridan hamkorlikni chuqurlashtirishga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda ShHT bosh kotibi, tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori ham qatnashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot va boshqa qator hujjatlar imzolandi.
Kelgusi yilda Qirg‘iziston ShHT Hukumat rahbarlari kengashiga raislik qiladi.
Mavzuga oid

19:45 / 02.08.2025
Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelishi mumkin

19:26 / 01.08.2025
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025