O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi yig‘ilishda ishtirok etdi
Tadbir davomida afg‘on inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi mamlakat delegatsiya 29 sentabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Eron, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning maxsus vakillari ishtirok etdi.
Afg‘oniston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy boshchilik qildi. Uchrashuvda BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya vakillari ham mehmon sifatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida afg‘on inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Mavzuga oid

12:35
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025