Eron Vengriya orqali Isroilga bo‘lajak hujum haqida ogohlantirish yubordi
Tehron boshqa davlat orqali Tel-Avivni ogohlantirdi, biroq hujum sanasi ma’lum emas.

Foto: Reuters
Eron Isroilga qarshi hujumga tayyorlanmoqda va Tel-Avivga ogohlantirish yuborgan. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deb yozdi The Jerusalem Post.
Kats so‘zlariga ko‘ra, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto unga qo‘ng‘iroq qilib, Eron tashqi ishlar vaziri Ali Boqiriydan tegishli ma’lumot olganini aytgan.
«Eron bizga Isroilga hujum qilish niyatida ekanligini aytdi. Dunyo Erondan har qanday tajovuzkor harakatlari uchun javobgarlik talab qilishi kerak», dedi Kats.
Kats boshqa tafsilotlarga to‘xtalmadi.
Eron 31 iyulga o‘tar kechasi Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javoban Isroilga zarba berishini e’lon qilgan edi. Isroil ushbu qotillikda rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumati ham Eronga ogohlantiruvchi zarba berishni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

20:45 / 24.04.2025