Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik aytilgan vaqtda bitkazilmadi. Yangi muddat – 1 aprelgacha
2024 yil yozida Andijondagi yirik ko‘prikni sel oqizib ketgan, aholi ko‘prikni ta’mirlash paysalga solinayotganidan shikoyat qilgandi. Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov bu shikoyatlarga javoban qurilish ishlari 21 oktyabrgacha tugatilishini aytgandi. Ammo endi ko‘prikni foydalanishga topshirishning rejalashtirilgan muddati 2025 yil 1 aprelgacha ekani ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
2024 yil 13-14 iyul kunlari kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan sel oqibatida Andijon viloyati Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida soy ustiga qurilgan ko‘prik qulab tushgandi.
Mahalliy aholi ko‘prik qayta tiklanmayotgani, yog‘ingarchilik va qish kunlari boshlansa, vaqtinchalik ko‘prikda yurib bo‘lmay qolishidan xavotirlanib, bir necha bor Kun.uz'ga murojaat qilib chiqdi.

Andijon viloyat hokimligi bir necha marta qurilish ishlari davom etayotganini bildirgan edi.
28 noyabrga kelib, Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oqbo‘yrasoy ustidan o‘tgan ko‘prik 1974 yilda qurilgan bo‘lib, uzunligi 42,7 metr va eni 10 metrni tashkil etgan. Ayni vaqtda obekt Jalaquduq tumani hokimining 2024 yil 18 iyul kundagi 280-1-21-Q/24- sonli qaroriga asosan 2024 yil “Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish” dasturi doirasida ta’mirlanmoqda.
“Mazkur ko‘prik qurilishiga bosh pudratchi etib “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Andijon filiali tayinlangan. Loyiha-smeta hujjatlari “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ tomonidan tayyorlangan va 2024 yil 27 sentabr kuni ekspertiza xulosasi olingan. Xulosaga asosan, obektning qiymati 10 mlrd 997 mln so‘mni tashkil etib, joriy yilga 6 mlrd so‘m ajratilgan. Hozirga qadar obektda 5 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan. Ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati 70 tonna bo‘lib, eni 14 metr, uzunligi 50 metrni tashkil etadi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha qatnov yo‘li ishga tushirilgan.

“Hozirda ko‘prikda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu kunga qadar demontaj va armakarkas tayyorlash ishlari yakuniga yetgan. Bugungi kunda qirg‘oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, maxsus texnikalar yordamida ko‘prikning tayanch ustunlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda”, – deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlarini 2025 yilning 1-chorak yakunigacha tugatib, ko‘prikni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq, holat yuzasidan izoh bergan O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov sel tufayli buzilib ketgan ko‘prikni to‘liq ta’mirlash ishlari 21 oktyabrga qadar tugatilishi hamda foydalanishga topshirilishini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi
Jahon | 07:29
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

07:52 / 11.05.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

16:04 / 10.05.2025
Xitoy Andijonda avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:31 / 09.05.2025