O‘simlik yog‘ini olib kirishda nol boj stavkasi uzaytirildi
Prezident farmoniga ko‘ra, o‘simlik yog‘i importida bojxona bojining nol stavkalari 2026 yil 1 yanvargacha amal qiladigan bo‘ldi.

Foto: Kun.uz
Shavkat Mirziyoyev 27 dekabrdagi farmoni bilan o‘simlik yog‘i importi uchun bojxona bojlarining nol stavkasi muddatini uzaytirdi.
Hujjat bilan kungaboqar, maxsar va paxta yog‘lari hamda ularning fraksiyalarini (kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda rafinatsiyalangan yoki rafinatsiyalanmagan) import qilishda bojxona boji nol stavkasining amal qilish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytirildi (TIF TN kodi 1512).
Biroq yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda go‘shti va oziq-ovqat qo‘shimcha mahsulotlarini (TIF TN kodi 0207) olib kirishda imtiyoz uzaytirilmadi.
Go‘sht, yog‘, un, sovun va boshqa besh turdagi tovarlarni olib kirish bo‘yicha bojlar 2021 yil 30 dekabrda nolga tenglashtirilgandi, bu tartib 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qilgan, keyin esa muddat 2023 yilga qadar va 2024 yilga qadar uzaytirilgandi.
Keyinchalik 2025 yilgacha imtiyozlar faqat yog‘ va parranda go‘shti uchun uzaytirilgan.
Mavzuga oid

15:39 / 05.06.2025
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda

15:30 / 04.06.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

12:56 / 29.05.2025
Sud Tramp kiritgan ko‘plab bojlarni noqonuniy deb topdi

11:49 / 26.05.2025