O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 2 pog‘ona ko‘tarildi
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 32 davlatga vizasiz borishi va 46 davlatga yetib borgandan keyin viza olishi mumkin.

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida 2 pog‘ona ko‘tarilib, 68-o‘rinni egalladi. Bu haqda Passport Index ma’lumotlaridan oydinlashmoqda.
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 32 davlatga vizasiz borishi va 46 davlatga yetib borgandan keyin viza olishi mumkin.
O‘zbekiston fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar: Antigua va Barbuda, Armaniston, Barbados, Belarus, BAA, Dominikana, Eron, Falastin, Filippin, Haiti, Gambiya, Gurjiston, Keniya, Kot-d’Ivuar, Malayziya, Mikroneziya, Mo‘g‘uliston, Moldova, Namibiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Seyshel orollari, Shri-Lanka, Surinam, Tailand, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, Ummon.
Kanadaning Arton Capital konsalting firmasi tomonidan tuzilgan Passport Index reytingi 95 ta mamlakatni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston 2024 yilda ushbu reytingda 70-o‘rinni egallagan edi. Indeksni tuzishda kompaniya pasport egalari qancha davlatga vizasiz bora olishi yoki xorijiy davlatga borganidan keyin viza olishi mumkinligini baholaydi.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston bu reytingda 52-o‘rinda (46 mamlakatga vizasiz rejim), Qirg‘iziston 68-o‘rinda (30 mamlakatga vizasiz rejim), Tojikiston 72-o‘rinda (27 mamlakatga vizasiz rejim), Turkmaniston 76-o‘rinda (18 mamlakatga vizasiz rejim) qayd etilgan.
Dunyodagi eng kuchli pasport egalari BAA fuqarolari hisoblanadi. Ular 133 ta davlatga vizasiz borishi, 47 ta davlatga yetib borganidan keyin viza olishi mumkin. Ispaniya ikkinchi o‘rinda qayd etildi.
Reytingning eng quyi pog‘onalaridan Suriya, Afg‘oniston, Iroq va Somali o‘rin oldi.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025