Xitoyda talabalarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs qatl etildi
Imtihondan o‘tolmagan talaba universitet kampusida 8 kishini o‘ldirgan edi.

Foto: AP
Xitoy hukumati Tszyansu provinsiyasidagi san’at o‘quv dargohiga pichoq bilan hujum qilgan erkakni qatl qildi, deya xabar berdi «Sinxua».
O‘tgan yilning 16 noyabr kuni Syu Tszyatszin Usi San’at va texnologiya kasb-hunar institutida talabalar va o‘qituvchilarga hujum qilgan, oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, yana 17 kishi jarohatlangan edi. U imtihondan o‘tolmagani uchun qotillikka qo‘l urgani ta’kidlandi. Dekabr oyida hujumchi sud tomonidan o‘limga hukm qilindi.
Avvalroq, 20 yanvar kuni ommaviy qotillikda aybdor deb topilgan yana bir Xitoy fuqarosi qatl etildi. Guandun provinsiyasining Chjuxay shahri sudi 62 yoshli Fan Veytsyuga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. 2024 yil noyabr oyida u mashinasini olomon ustiga haydab, 35 kishini o‘ldirgan va 43 kishini jarohatlagan edi.
Mavzuga oid

17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025