Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan tushib ketdi
Kompaniya qimmatli qog‘ozlari narxi 8,4 foizga tushdi - bu 7 noyabrdan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Foto: NurPhoto
Tesla aksiyalari kotirovkasi seshanba kuni qulashni davom etdi va natijada Amerika elektomobil ishlab chiqaruvchisining kapitalizatsiyasi uch oy ichida birinchi marta 1 trillion dollardan tushib ketdi.
Kompaniya qimmatli qog‘ozlari narxi 8,4 foizga — 302,8 dollargacha tushdi. Bu 7 noyabrdan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Aksiyalar qiymatining tushishi Tesla Yevropadagi savdolarini qisqartirmoqchi ekani to‘g‘risidagi xabarlar bilan bog‘liq.
Germaniyaning VDA savdo guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla’ning yangi avtomobillarini ro‘yxatdan o‘tkazish yanvarda 60 foizga tushib, avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida eng katta qulashni qayd etgan. Undan oldin yanvar oyida Fransiyadagi savdolar 63 foizga qisqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar jamiyati ma’lumotlarida keltirilishicha, Buyuk Britaniyada Tesla savdolari 8 foizga qisqargan, ammo ushbu mamlakatda yanvar oyida elektromobillar bozori 42 foizga o‘sgan.
«Kotirovkalarning qulashi Yevropadagi savdolar tushganiga bog‘liq. Kompaniya rahbari Ilon Maskning siyosatdagi ishtiroki ortib borayotgani xavotirlarni uyg‘otmoqda, ammo bir oylik ma’lumotlar asosida xulosa qilish qiyin. Biz avvalgidek avtonom boshqaruv bilan bog‘liq qulay me’yoriy o‘zgarishlar kompaniya uchun kelgusi oylarda ijobiy omil bo‘lishi mumkinligiga ishonishda davom etamiz», — deydi CFRA tahlilchisi Garrett Nelson.
Avvalroq Tesla tomonidan 2023 yilda ishlab chiqarilgan Model 3 va Model Y avtomobillari rul kuchaytirgichlarida muammolar aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shu bois ushbu modeldagi elektromobillarning bir qismi chaqirib olinadi.
Mavzuga oid

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

20:41 / 14.04.2025