25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi
Regulyator test rejimida inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi. U orqali iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin.
Markaziy bank test rejimida inflatsiya kalkulyatorni ishga tushirdi – u regulyator veb-saytining “Bosh sahifasi”da “Pul kredit siyosati” bo‘limida joylashtirilgan. Ushbu kalkulyator orqali iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblashingiz mumkin.

1999 yil dekabr oyidan boshlab to bugungi kungacha istalgan sana va qiymatni kiritish mumkin. Masalan, 2000 yil yanvar oyidagi 100 ming so‘m 2025 yil yanvarda 1 mln 186 ming 396 so‘mga aylangan. Bunda davr mobaynida yig‘ilgan inflatsiya ( foizda), davr uzunligi, davr mobaynidagi o‘rtacha oylik va yillik inflatsiya (foizda) inobatga olinadi.

Mavzuga oid

12:24
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

12:24 / 06.04.2025