O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi
1904-1974 yillar oralig‘ida yashab ijod qilgan rassomning asarlari “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomi bilan taqdim etiladi.

Foto: anatili.kazgazeta.kz
19 martdan 1 iyungacha Olmaota shahridagi Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyida O‘rol Tansiqboyevning so‘nggi 40 yil davomidagi ilk keng ko‘lamli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Ko‘rgazma “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” deb nomlanadi.
Qayd etilishicha, ekspozitsiyada O‘zbekiston va Qozog‘iston muzeylaridan 78 ta eng sara asarlar taqdim etiladi.
“Ko‘rgazma nafaqat buyuk rassom xotirasiga yuksak hurmat ifodasi, balki ikki qardosh mamlakatlar badiiy merosini birlashtiruvchi muhim madaniy voqeaga aylanadi”, — deb ta’kidladi Mirziyoyeva.
1904—1974 yillar oralig‘ida yashab ijod qilgan O‘rol Tansiqboyev rassom va rangtasvir ustasi bo‘lgan. Uning “Kurash”, “Karvon”, “O‘tov”, “Urush yo‘llarida”, “O‘zbekistonda bahor” va yana o‘nlab mashhur asarlari mavjud. Tansiqboyev 1944 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, rassom — Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. Vafotidan so‘ng u “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

18:43 / 07.05.2025
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

01:52 / 03.05.2025